To'lov, pulni qaytarish va to'lov xavfsizligi
Versiya 2026-11.1
1. Nima uchun to'lanadi
«Magazzin» platformasining pullik xizmatlari sotuvchilar uchun: • tariflar: PRO — 99 000 so'm, BIZNES — 249 000 so'm (30 kunlik oy uchun); 3 oyga 5% chegirma, 12 oy — 10 oy narxida; • qo'shimcha xizmatlar: xodim o'rinlari, mijozlarga xabar paketlari, do'konning o'z boti; • reklama: do'konni xaridorlarga tavsiya qilish (kunlar bo'yicha); • administrator chiqargan hisob-faktura bo'yicha boshqa xizmatlar. Narxlar botda, Mini App'da va saytning bosh sahifasida ko'rsatiladi. Har bir xarid uchun hisob-faktura (invoys) yaratiladi.
2. Platforma xizmatlari uchun to'lov usullari
Sotuvchi do'konining ichki balansini to'ldiradi, so'ng xizmatlar balansdan to'lanadi: • Paynet — ilova, terminal va to'lov shoxobchalari orqali, botdagi «💎 PRO va balans» bo'limida ko'rsatilgan to'lovchi ID bo'yicha (ilovada Uzcard, Humo, Visa, Mastercard kartalari bilan). Bir to'lov miqdori: 1 000 so'mdan 10 000 000 so'mgacha. Administrator chiqargan hisob-faktura botdagi «💳 Balansdan to'lash» tugmasi bilan to'lanadi.
3. Xaridor do'konga qanday to'laydi
Xaridor mahsulot uchun pulni do'konning o'ziga to'laydi (Uzum Bank va Paynet orqali to'lovdan tashqari — pastga qarang): • naqd — mahsulotni olganda; • sotuvchi kartasiga o'tkazma — do'kon ko'rsatgan karta raqamiga, chek botga yuboriladi; • online (Click, Payme) — do'konning o'z merchant hisobiga, to'lov tizimining sahifasida. To'lov o'tishi bilan buyurtma o'zi «to'langan» bo'ladi; • Uzum Bank ilovasi orqali — do'kon buni yoqqan bo'lsa: xaridor ilovada buyurtma kodini kiritadi va aynan buyurtma summasini Uzcard, Humo, Visa yoki Mastercard kartasi bilan to'laydi (3-D Secure / SMS-kod bilan tasdiqlanadi); • Paynet orqali — do'kon buni yoqqan bo'lsa: xaridor buyurtma kodi bo'yicha aynan buyurtma summasini Paynet ilovasi, terminali yoki Paynet sahifasida to'laydi. Uzum Bank va Paynet orqali to'langan pul Operatorga tushadi va do'konga o'tkaziladi (do'konning yechish so'rovi bo'yicha); buyurtma bekor qilinsa, xaridorga qaytariladi. Yangi do'kon dastlab faqat naqd (yetkazganda) to'lov qabul qiladi: karta, online, Uzum Bank va Paynet to'lovi do'kon kamida 5 ta buyurtmani yetkazgandan va xaridorlar «olmadim» demaganidan keyingina ochiladi.
4. Karta ma'lumotlari xavfsizligi va 3-D Secure
Karta ma'lumotlari faqat bank yoki to'lov tizimining sahifasida kiritiladi va shifrlangan (TLS) holda uzatiladi. Platforma karta raqami, amal qilish muddati va CVV/CVC kodini olmaydi va saqlamaydi. Visa kartalari Visa Secure, Mastercard kartalari Mastercard Identity Check (3-D Secure) texnologiyasi bilan himoyalangan: to'lov karta egasining bankidagi bir martalik kod bilan tasdiqlanadi. Uzcard va Humo to'lovlari SMS kod bilan tasdiqlanadi. Biz hech qachon Telegram'da yoki telefon orqali karta ma'lumotlarini va SMS kodlarni so'ramaymiz — bunday so'rovlar firibgarlikdir.
5. Firibgarlik xavfini cheklash va nazorat
Bankning firibgarlikka qarshi imkoniyatlari (internet-ekvayring shartnomasidagi cheklovlar) qo'llanadi: • barcha karta to'lovlari 3-D Secure yoki SMS kod bilan tasdiqlanadi; tasdiqlanmagan to'lov rad etiladi; • bir operatsiya, bir kun va bir oy uchun summa va operatsiyalar soni limitlari; limitdan oshgan to'lov rad etiladi; • bankning operatsiyalarni real vaqtda kuzatishi (antifrod monitoring), shubhali kartalarni bloklash va to'xtatish ro'yxatlari; • bank so'rovi bo'yicha shubhali operatsiya to'xtatiladi, hujjatlar va tushuntirish taqdim etiladi. Platforma tomonidan: • har bir to'lov nazorat raqamli to'lovchi ID orqali aniq bir do'konga bog'lanadi, noto'g'ri ID to'lovdan oldin rad etiladi; • to'lov tizimlarining so'rovlari faqat ularning IP manzillaridan, avtorizatsiya va imzo bilan qabul qilinadi; takroriy tranzaksiya ikki marta hisoblanmaydi; • har bir to'lov va bekor qilish administratorlarga xabar qilinadi, balans har kuni operatsiyalar jurnali bilan solishtiriladi; • yangi do'kon oldindan to'lov ololmaydi (faqat naqd), telefon raqami Telegram orqali tasdiqlanadi, katalogga administrator tekshiruvidan keyin chiqadi; • bir xil telefon, karta, manzil yoki rasmlardan foydalanadigan do'konlar aniqlanadi va tekshiriladi; • xaridor «Olmadim» desa yoki buyurtma uzoq yopilmasa, administratorlar xabardor qilinadi va nizo ko'rib chiqiladi. Shubhali operatsiyada Operator to'lovni hisobga olishni, do'kon yoki foydalanuvchi faoliyatini tekshiruv tugaguncha to'xtatib turishi, tasdiq so'rashi va bankka xabar berishi mumkin.
6. Hisobga olish
To'lov tizimi to'lovni tasdiqlashi bilan balans darhol to'ldiriladi va botda xabar keladi. Tarif balansdan sotib olingan paytdan boshlab amal qiladi; muddat tugagach yana 3 kun ishlaydi, so'ng do'kon bepul tarifga o'tadi (mahsulotlar va ma'lumotlar saqlanadi). Avto-yangilash faqat sotuvchi o'zi yoqsa ishlaydi va faqat oldindan to'ldirilgan balansdan to'lanadi: kartadan avtomatik yechib olinmaydi.
7. Pulni qaytarish: platformaga to'langan mablag'
• Xato yoki ikki marta qilingan to'lov, shuningdek xizmatga sarflanmagan balans qoldig'i — murojaat bo'yicha qaytariladi. • Pul to'lov qilingan usulning o'ziga qaytariladi: kartaga — o'sha kartaga, Uzum Bank yoki Paynet orqali — o'sha tizim orqali. Uchinchi shaxsga yoki boshqa kartaga qaytarilmaydi. • Murojaat 3 ish kunida ko'rib chiqiladi; pul kartaga kelishi karta chiqargan bankka bog'liq va odatda 3–10 bank ish kunini oladi. • Faollashtirilgan tarif davri va ishlatilgan xizmatlar qaytarilmaydi; xizmat Operator aybi bilan ko'rsatilmagan bo'lsa — foydalanilmagan qismi mutanosib qaytariladi. • Murojaatda to'lov sanasi, summasi, do'kon nomi yoki to'lovchi ID ko'rsatiladi; manzil — «Kontaktlar» sahifasida.
8. Pulni qaytarish: do'kon mahsulotlari
• Mahsulotni qaytarish va uning pulini qaytarish xaridor bilan sotuvchi o'rtasida, sotuvchining shartlari va qonunchilikka muvofiq hal qilinadi. • Online (Click, Payme) yoki kartaga to'langan buyurtma bekor qilinsa, sotuvchi pulni o'sha kartaga — o'z kassa kabinetidan yoki o'tkazma orqali — qaytaradi; bot buyurtma kartasida buni ikkala tomonga eslatadi. • Uzum Bank yoki Paynet orqali to'langan buyurtma bekor qilinsa, pulni xaridorga Operator qaytaradi (o'sha tizim orqali yoki xaridor kartasiga), odatda 3 ish kuni ichida; bu summa do'konga o'tkazilmaydi. • Mahsulot kelmagan bo'lsa, xaridor botdagi «❌ Olmadim» tugmasi yoki «💬 Aloqa» orqali murojaat qiladi: administratorlar nizoni ko'rib chiqadi, do'kon bilan bog'lanadi va zarur bo'lsa do'kon faoliyatini cheklaydi.
Operator rekvizitlari
MagazzinUZbot
STIR: 622796595
Manzil: Kitob tumani, Charimgar MFY
Aloqa: +998994375361, said.naimov.98@gmail.com